4 iyul kuni Rossiyaning yana ikki hududidan O`zbekistonga charter reys keladi

Jamiyat 03.07.2020, 09:38
4 iyul kuni Rossiyaning yana ikki hududidan O`zbekistonga charter reys keladi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ertaga, 4 iyul kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvalini ma`lum qildi. Unga ko`ra: 

Toshkent – Ekaterinburg – Toshkent

Toshkent – Moskva – Tashkent charter parvozlari amalga oshiriladi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

 O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

Eslatib o`atmiz, bugun Toshkent – Novosibirsk – Toshkent va Toshkent – Qozon – Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1