1

O`zbekistonda bir kechada yana 121 kishida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida yuqish ko`paymoqda

Jamiyat 03.07.2020, 10:01
O`zbekistonda bir kechada yana 121 kishida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida yuqish ko`paymoqda

2020 yil 3 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9199 (+121) nafarni tashkil etmoqda.

 Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 48 nafari Toshkent shahrida (shundan 32 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 6034 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3138 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 16 nafari og`ir, 8 nafari o`ta og`ir ahvolda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1