1

Hozirgi sharoitda texnik ko`rikdan o`tkazmaganlik uchun avtomobillarga jarima yoziladimi?

Jamiyat 03.07.2020, 10:35
Hozirgi sharoitda texnik ko`rikdan o`tkazmaganlik uchun avtomobillarga jarima yoziladimi?

AOKA shtabida IIV Matbuot kotibi Shohrux G`iyosovning bir qator savollarga javob berdi.

Savol: 1 iyulda avtomobilimning majburiy texnik ko`rikdan o`tish muddati tugadi. Hozirgi sharoitda texnik ko`rikdan o`tkazmaganlik uchun avtomobillarga jarima yoziladimi?

Javob: Majburiy texnik ko`rikdan o`tish muddati tugagan transport vositalari haydovchilari transport vositalarini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazmasa, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 125-moddasi 2 qismiga asosan jarimaga tortiladi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, hozirgi kunda respublikamizning barcha hududlarida transport vositalarini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli, majburiy texnik ko`rikdan o`tish muddati o`tgan transport vositalari haydovchilari o`z transport vositalarini belgilangan tartibda texnik ko`rikdan o`tkazishlari mumkin.

️Karantin tadbirlari davom ettirilayotgan «Qizil» toifadagi hududlarga kiritilgan (ayrim tuman-shahar)lar bundan mustasno.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1