1

Jahon rekordlari tasdiqlandi

Jamiyat 03.07.2020, 11:30
Jahon rekordlari tasdiqlandi

Kuni kecha 2020 yilda o`rnatilgan rekordlar xalqaro federasiya tomonidan tasdiqlandi. Langarcho`pga tayanib sakrash bo`yicha erkaklar o`rtasida shvesiyalik Armand Dyuplantisning fevral oyida Polshada o`tkazilgan xalqaro turnirda ko`rsatgan natijasi (6.17 metr) rasman jahonning yangi rekordi, deya e`tirof etildi. Bu haqda yuz.uz yozmoqda.

Shuningdek, engil atletikaning boshqa yo`nalishlaridagi natijalar ham sarhisob qilindi. Qo`yida ularning ro`yxatini keltirib o`tilgan. Bu 30 iyungacha bo`lgan vaziyat.

Yo`nalish: Langarcho`pga tayanib sakrash (erkaklar)
Yangi rekord: 6.17 m
Avvalgi rekord: 6.16 m (Reno Lavileni)
Muallif: Armand Dyuplant (Shvesiya)
Musobaqa: Copernicus Cup (Polsha)

Yo`nalish: 5 000 metr (erkaklar)
Yangi rekord: 12:51 minut
Avvalgi rekord: 13:22 (Robert Keter)
Muallif: Joshua Keptegi (Uganda)
Musobaqa: Monaco Run (Monako)

Yo`nalish: uch hatlab sakrash, yopiq inshootda (Ayollar)
Yangi rekord: 15.43 metr
Avvalgi rekord: 15.36 (Tatyana Lebedeva)
Muallif: Yulimar Roxas (Venesuela)
Musobaqa: Villa de Madrid Indoor Meeting (Madrid)

Lang Leng Osiyo o`yinlarining musiqiy elchisi

Xitoyning Xanchou shahrida 2022 yili o`tadigan XIX Osiyo o`yinlarining musiqiy kompozisiyasi uchun tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 30 noyabrigacha bo`lib o`tishi haqida xabar bergan edik.

"Bugun «Xanchjou-2022» tashkiliy qo`mitasi xitoylik mashhur pioninachi Lang Lengni XIX Osiyo o`yinlarining reklama elchisi, deya e`lon qildi.

2008 yilgi Pekin, 2012 yilgi London va 2016 yilgi Rio olimpiadalarining hamda bir qator Osiyo o`yinlarining musiqiy dasturlari ishtirokchisi hamda xitoylik pianinachilar orasida birinchilardan bo`lib Evropa konsert zallarida ko`ylari yangragan Lang uchun bu albatta olamshumul voqelik emasdir. Ammo xitoylik musiqachining bunday sharafga loyiq ko`rilishi Osiyo musiqa olamida o`ziga xos shov-shuvlarga sabab bo`ldi.

Bundan bir hafta muqaddam ushbu Osiyo o`yinlarining badiiy dasturi haqida so`zlagan Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al Sabax «2022 yilgi o`yinlarning musiqiy jamlanmasi nafaqat Xitoy, balki butun qit`a xalqlarining tillarida jaranglashi lozim»ligini bildirgandi. Ammo «Xanchou-2022» tashkiliy qo`mitasi Lang timsolida xitoyliklarga «uloq»ni sovg`a qildi chog`i" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1