1

O`zbek olimlari koronavirus RNKsini tez ajratish usulini topishdi

Jamiyat 03.07.2020, 12:51
O`zbek olimlari koronavirus RNKsini tez ajratish usulini topishdi

O`zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari COVID-19 RNKsini ajratishga mo`ljallangan diagnostik to`plam ishlab chiqishdi. Bu haqda O`zFA matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu to`plam o`ziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi, qulayligi va arzonligi kabi ustunliklarga ega. U akademiyaning O`simlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. "SARS-CoV-2" virusi RNKsini ajratishga mo`ljallab ishlab chiqilgan ushbu to`plam dunyoda ishlab chiqariladigan analoglari bilan taqqoslanganda sezgirligi, o`ziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi (1 soat), qulayligi va arzonligi (kamida 30 foizga arzonroq) kabi ustunliklarga ega, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, uning klinik sinovlari Sog`liqni saqlash vazirligi laboratoriyalarida, shu jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining maxsus laboratoriyasida o`tkazilgan va ijobiy natijalarni ko`rsatgan. U "ENKOR" nomi bilan ro`yxatdan o`tkazilgan va keng ko`lamda ishlab chiqarish uchun ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, ushbu to`plam yordamida gepatit V, gepatit S, odam immun tanqisligi virusi (VICh) RNK/DNKsini ajratish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1