1

Rossiyada pandemiya sababli har beshinchi xodim ishdan bo`shatilgan

Dunyo 03.07.2020, 13:22
Rossiyada pandemiya sababli har beshinchi xodim ishdan bo`shatilgan

Rossiya Mehnat vazirligi ma`lumotiga ko`ra, joriy yil 1 apreldan 20 iyungacha mamlakatda 3,5 milliondan ortiq kishi ishdan bo`shatilgan. Ularning ko`pchiligi Moskva (585800) va Sankt-Peterburg (256300) shaharlari hamda Moskva viloyati (186400) hissasiga to`g`ri keladi. Kompaniyalarda o`rtacha 20 foiz xodimlar qisqartirishga tushgan.

Oldingi iqtisodiy inqirozlardan farqli ravishda, aksariyat kompaniyalar xodimlarini saqlab qolishga harakat qilgan va ishdan bo`shatish o`rniga ish haqini kamaytirishni afzal ko`rgan. Inqiroz boshlangandan buyon faoliyati o`rganilgan kompaniyalar tomonidan ishchilarning ish haqi 56 foizga qisqartirilgan, ish haqi fondi esa o`rtacha 28 foizga kamaygan.

Ekspertlarning fikricha, yaqin oylarda iqtisodiyotning ayrim sohalarida ishsizlik bilan bog`liq vaziyat yomonlashishi, xususan, umumiy ovqatlanish va xizmat ko`rsatish sohalaridagi kichik korxonalar xodimlari ommaviy ishdan bo`shatilishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1