1

Namangan viloyati yo`llariga shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizilmoqda

Jamiyat 03.07.2020, 13:36
Namangan viloyati yo`llariga shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizilmoqda

Toshkent viloyati yo`llarida shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizilgan edi. Ushbu chiziqlar Namangan viloyati yo`llarida ham chizilishi boshlandi. Xo`sh, bu chiziqlar nima uchun chizilmoqda?

Bugungi kunda charchoq holatida transport vositasini boshqarib, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`yib harakatlanayotgan haydovchilar ko`plab uchramoqda. Ushbu haydovchilar tomonidan turli ko`rinishdagi yo`l-transport hodisalari ham sodir bo`layotganligi hech kimga sir emas. 

Toshkent viloyatida chizilgani kabi Namangan viloyati yo`llarida ham haydovchilarni hushyorlikka chaqiruvchi shovqin chiqaruvchi termoplast yul chiziqlari chizilmoqda. Yo`lda harakatlanib kelayotgan haydovchilar ushbu chiziqlar ustidan harakatlanib o`tgan vaqtida shovqin yuzaga keladi va charchagan haydovchi shovqinni eshitib etarlicha sergaklanadi.

Bu chiziqlar faqatgina yo`l-transport hodisalari oldini olish maqsadida chizilgan bo`lib, sinov tariqasida qo`llanilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1