Bobur 7. Ozodbek Nazarbekov qabul qilingan barcha qarorlarni bekor qildi

Jamiyat 03.07.2020, 14:37
Bobur 7. Ozodbek Nazarbekov qabul qilingan barcha qarorlarni bekor qildi

O`zbekiston respublikasi Madaniyat vazirligi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasi, 7-uy moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ekti yuzasidan ma`lumot berdi.

Joriy yilning mart-may oylarida Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasi, 7-uy binosini moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ekti sifatida ro`yxatga olish va binodan foydalanish bo`yicha qonunbuzarliklar sodir etilayotganligi yuzasidan ushbu hududda istiqomat qiluvchi bir qancha fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan murojaatlarning keskin ko`payganligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab muhokamaga sabab bo`lganligi kuzatildi.

Mazkur masalani atroflicha o`rganish va qonuniy hal etish maqsadida “JEMCHUG HOUSE” MChJ direktori T.Turakulovning O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan
bir-birini inkor etuvchi qarorlar qabul qilinganligidan norozi bo`lib, yozgan arizasi bo`yicha Bosh prokuraturadan kelib tushgan yo`naltiruv xatiga asosan Madaniyat vazirining tegishli buyrug`i bilan maxsus ishchi guruh tasdiqlanib, xizmat tekshiruvi tashkil etildi.

Xizmat tekshiruvi xulosalariga ko`ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi faoliyati davomida Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko`chasi 7-uy binosini moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ekti ro`yxatiga kiritish va kiritmaslik bo`yicha bir-biriga nomutanosib, normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga rioya qilmagan holda qarorlar qabul qilinganligi aniqlandi.

O`z navbatida, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi faoliyatini tartibga solish va uni belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar asosida nazoratga olish maqsadida joriy yilning 30 iyun kuni Madaniyat vazirligi rahbariyati tomonidan Ilmiy-ekspert kengashi a`zolari bilan tor doirada yig`ilish o`tkazilib, aniqlangan kamchiliklar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari muhokama qilindi.

Yig`ilish yakuniga ko`ra, Madaniyat vazirining tegishli buyrug`i bilan tasdiqlangan maxsus ishchi guruh xulosasini inobatga olgan holda, Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko`chasi, 7-uy binosi bo`yicha qabul qilingan barcha qarorlar bekor qilinib, qayta tarixiy-madaniy ekspertiza o`tkazish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1