1

So`nggi 2 yilda O`zbekistonda nechta maktab qurildi? Nechtasiga nima yordam berildi?

Jamiyat 03.07.2020, 17:38
So`nggi 2 yilda O`zbekistonda nechta maktab qurildi? Nechtasiga nima yordam berildi?

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ba`zi maktablarning achinarli holati tanqid qilinayotgani ham kuzatilmoqda. Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati maktablarda echilgan va echimini kutayotgan muammolar xususida ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, oxirgi 2 yilda:

✅80 ta yangi maktab qurildi;

✅806 ta maktab rekonstruksiya  qilindi;

✅1 224 ta maktab mukammal ta`mirlandi;

✅2 551 ta maktab burjuyka pechlardan xalos bo`ldi;

✅775 ta maktab toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi.

"Shunga qaramay, hali qilinishi kerak bo`lgan ishlar juda ko`p, maktablarning umumiy soni 10 mingga yaqin. 

Eng og`ir masala bu maktab filiallaridir. Aksariyat holatlarda ular aholi tomonidan xashar yo`li bilan qurilib asosiy maktabga qatnash o`rniga o`sha erda o`qish tashkil etilgan. Ulardagi ahvol achinarliligi bilan birgalikda, o`quvchi soni juda kam bo`lganiga sifatli ta`limni ham tashkil etib bo`lmaydi. Odatda 1-2 sinfxonadan iborat va bir sinfda 2-3 tadan 1-3-sinf o`quvchilari ham o`qiydiganlari anchagina.

Oxirgi 2 yilda 149 ta maktab filial filiallari faoliyati tugatildi, ulardan 125 tasiga maktab maqomi berildi. Lekin, hozirgi kunda ham 1 179 ta maktab filiallari o`z faoliyatini davom ettirmoqda. Ularning ham bosqichma-bosqich faoliyati tugatilishi, aholi o`sadigan hududlarda to`laqonli maktabga aylantirilishi zarur.

Maktabga sarmoya eng muhim sarmoyalardan biri ekanligini Xalq ta`limi vazirligi oxirgi 2 yil davomida davlat byudjetini tasdiqlovchi Oliy Majlisga, mahalliy byudjetlarni tasdiqlovchi mahalliy kengashlar va hokimiyatlarga hamda boshqa homiy va bitiruvchilarga murojaat qilib kelganligi tufayli, oxirgi 2 yildagi qurilish, ta`mirlash va jihozlashga sarmoyalar miqdori sezilarli ravishda ortdi.

Lekin, maktablarning ahvolini yaxshilashni yanada tezroq amalga oshirish uchun, albatta, qo`shimcha mablag`lar zarur.

Shuning uchun, maktablarga yordam uchun (1) markazlashgan davlat investisiya mablag`lari, (2) mahalliy byudjet hamda (3) homiylik mablag`lari jalb etilishida joylardagi mutassaddilarning ham yordami muhim.  

Sohada yillar davomida yig`ilib kelgan, o`z echimini kutayotgan talaygina muammolar mavjudligini barchamiz bilamiz. Ularni bartaraf etishda birgalikda amaliy harakatlar bilan yondoshsak, uning echimi ustida bosh qotirsak, maktablarga ko`maklashish masalasini umummilliy harakatga aylantirsak, albatta qo`yilgan maqsadga erishamiz", - deyiladi Vazirlik Matbuot xizmati  xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1