Bugun Toshkent va Namanganda 127 nafar bemor sog`aydi

Jamiyat 03.07.2020, 18:08
Bugun Toshkent va Namanganda 127 nafar bemor sog`aydi

SSV xabar qilishicha ayni soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 4 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 101 nafar, Namanganda 5 nafar, jami 127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga  kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3747 nafar bemor sog`aydi.  

Namangan viloyatida esa “COVID-19”dan tuzalganlar soni 286 nafarga etdi.

Hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 6161 nafarni tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1