Rossiyada «Putin konstitusiyasi"ga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi (foto)

Dunyo 03.07.2020, 21:25
Rossiyada «Putin konstitusiyasi"ga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi (foto)

Kuni kecha Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Konstitusiyaga o`zgartirish kiritish bo`yicha ovoz berish protokollarini ko`rib chiqishni yakunladi. Rossiyaliklarning ko`pchiigi Putinni qo`llab-quvvatlaganlari haqida xabar bergan edik.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasida natijalar e`lon qilinmoqda

Ammo ushbu siyosatga qarshi fuqarolar ham bor. Mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan o`zgartirishlar 77.92% rossiyaliklar tomonidan qo`llab-quvvatlandi, qarshilar 21.27%ni tashkil qilmoqda. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, jami saylovchilarning ishtiroki 65% tashkil etgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ovoz berish jarayonida

Rossiya konstitusiyasiga kiritilayotgan o`zgarishlar bilan mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Putinning avvalgi saylangan muddatlari «nollashtiriladi» va janob Putin yana ikki bor o`z nomzodini Rossiya prezidentligiga ko`rsatish huquqiga ega bo`ladi.

Hukumat yangi tuzatishlar sog`liqni saqlash va ta`lim tizimlarini yaxshilashga olib kelishini aytmoqda. Shuningdek, o`zgartirishlar amaldagi rahbarga yangi muddatga saylanish imkonini ham beradi. Putinning matbuot kotibi Dmitry Peskov referendum natijalarini «g`alaba» deya ta`riflagan.

Rossiyaning bir qancha shaharlarida sog`lom fikrli yoshlar va xalq konstitusion tuzatishlarga qarshi namoyishlar o`tkazib kelmoqda.

Quyida rus matbuotining o`zida yoritilmayotgan rossiyaliklarning noroziliklari aks etgan rasmlarni ko`rishingiz mumkin.

Shuningdek, Rossiyadagi muxolifatchi Aleksandr Navalniy ham referendum natijalari ishonarli emasligini ta`kidlagan.

diktator

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1