1

Toshkentda fuqaroning qizini o`qishga kiritib qo`yish uchun pora olgan universitet o`qituvchisi ushlandi

Jamiyat 03.07.2020, 22:32
Toshkentda fuqaroning qizini o`qishga kiritib qo`yish uchun pora olgan universitet o`qituvchisi ushlandi

Xorazmda 6 000 AQSh dollari bilan qo`lga tushgan o`qituvchidan 3 500 AQSh dollarini olgan universitet o`qituvchisi Toshkentda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Hazorasp tumanidagi maktab o`qituvchisi S.D. fuqaro S.ning qizini tanishlari orqali oliy o`quv yurtiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat bo`yicha S.D.ning ko`rsatuvlariga asosan xodimlar tomonidan tezkor tadbir Toshkent shahrida davom ettirilganda, O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o`qituvchisi L.S., xorazmlik S.D.dan fuqaro S.ning qizini ushbu universitetga tanishlari orqali o`qishga kiritib berishni va`da qilib, evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan S.D. va L.S.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1