1

Qozog`istonda Covid-19 ga chalingan tibbiyot xodimlarining 492 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda

Dunyo 03.07.2020, 23:47
Qozog`istonda Covid-19 ga chalingan tibbiyot xodimlarining 492 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda

Koronavirus pandemiyasi davrida Qozog`istonda jami 18 nafar tibbiyot xodimi COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko`z yumgan. Bu haqda davlat bosh sanitar vrachi Ayjan Esmagambetovaga tayanib Tengrinews nashri xabar qilgan.

«Bugungi kunda Qozog`istonda koronavirusga chalinganlarning 11,5 foizini tibbiyot xodimlari tashkil qiladi. Ularning 492 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. 511 nafar tibbiyot xodimi davolanishni davom ettirmoqda. Ular orasidan 18 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan», — degan Ayjan Esmagambetova maxsus brifingda.

Shuningdek, Esmagambetova o`lim holatlarining hammasi ham koronavirus bilan bog`liq emasligini qayd etgan. Shifokorning aytishicha, bunda COVID-19 bemorlarini davolash bilan bevosita aloqador faoliyatning ta`siri mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1