Belgiya hukumati terrorrizmga qarshi kurash uchun davlat byudjetidan qo`shimcha ravishda 400 million evro ajratadi. Bu haqda Belgiya bosh vaziri Sharl Mishelning so`zlariga tayanib, “Evropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Hukumat rahbari shuningdek, jihodni targ`ib etuvchi veb-saytlar faoliyatiga barham berishga xizmat qiluvchi qonun loyihasini ham taklif etishini ma`lum qildi. Uning aytishicha, radikal imomlar uy qamog`iga tortiladi.
Eslatib o`tamiz, bundan oldin Belgiya ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida terrorizm xavfi o`ta yuqori-uchinchi darajaga ko`tarilganini ma`lum qilgan edi.





