Ana xolos! OTMga kirishda 5 ta emas, 18 ta fandan imtihon qilishni taklif qilinmoqda

Jamiyat 04.07.2020, 12:39
Ana xolos! OTMga kirishda 5 ta emas, 18 ta fandan imtihon qilishni taklif qilinmoqda

«Ma`rifat» gazetasida Chortoq tumanidagi 5-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o`qituvchisi Qobiljon Qosimov nomidagi maqola chop etildi. Hususan, taklifda shunday deyilgan:

"O`sib kelayotgan yosh avlodning kelajakda qanday kasbni egallashiga qarab, Respublikamiz kelajagini tasavvur qilsa bo`ladi. Xuddi shu ma`noda yoshlarning ta`lim-tarbiyasi har bir ota-ona, o`qituvchi-tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir.

Zamonaviy shaxs — chuqur, umu­miy bilim, keng dunyoqarash va yuqori kasb tayyorgarligiga ega, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo`yicha etarli savodxon, o`z bilimini tezlik bilan yangilash va to`ldira olish qobiliyatiga ega shaxs sifatida qaraladi. Shular qatori unda intizomlilik, ma`suliyatlilik, ziyolilik, mamlakat mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo`lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg`ulari mavjud bo`lishi zarur. Sohasidan qat`i nazar, jamoada ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing borasida tayyorgarlikka ega bo`lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning ijtimoiy, siyosiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak. Chunki jamiyatimizda sodir bo`ladigan tub o`zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz shaxsdan nafaqat kasb bilimlarini, balki iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, texnikaviy, hayotiy bilimlardan ham xabardor bo`lishni talab qilmoqda. Demak, ta`lim-tarbiyaning sifati, samaradorligi birinchi navbatda sifatli ta`limga bog`liq.

Bu borada o`z tajribamga asoslangan holda quyidagi takliflarni Siz bilan o`rtoqlashmoqchiman: oliy o`quv yurtlari­ga kirish imtihonlarida testlar maktabda o`tiladigan asosiy 18 ta fandan teng miqdorda, masalan 6 tadan savollar asosida (6 x 18 = 108 ta) tuzilishi kerak. Oliy ma`lumotga da`vogar o`quvchi geografiyani ham, biologiyani ham, matematikani ham, xorijiy tillarni ham, informatikani ham, qo`yingki musiqani ham bilsin. Barcha fanlardan minimal talablarga javob bersin. Ana shunda o`quvchi yoshlikdan barcha fanlarni mukammalroq o`qishga, o`zlashtirishga harakat qiladi. Siz nima deysiz, aziz zamondosh?"

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1