AsosiyJamiyat

«Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzusida ijodiy tanlov e`lon qilindi

O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi «Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzusidagi ijodiy tanlovni e`lon qiladi. 

Tanlovga 2015 yilning 1 yanvaridan 1 dekabrgacha respublika bosma ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida e`lon qilingan, Inson huquqlari bo`yicha umumjahon deklarasiyasi, mamlakatimizda inson haq-huquqlarini ta`minlashga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ularning amal qilishi, inson huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta`minlash, shaxsni har tomonlama kamol toptirish, yoshlarning demokratik fuqarolik jamiyati barpo etishda faol ishtirok etishi uchun zarur sosial-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sharoit yaratishga qaratilgan mavzudagi axborot-tahliliy, publisistik va foto materiallar qabul qilinadi. 

Tanlovga taqdim etilgan materiallar mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bosma ommaviy axborot vositalari, internet nashrlarda chop etilgan bo`lishi lozim. 

Taqdim etilgan materiallar o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tillarida tayyorlangan, e`lon qilingan bosma yoki internet nashri aniq ko`rsatilgan elektron va bosma nusxada bo`lishi kerak.

Fotoreportajlar asl nusxada taqdim etiladi. Ijodiy ishlarga muallif to`g`risida ma`lumotlar (familiyasi, ismi, professional faoliyati to`g`risida qisqacha ma`lumot, pasport nusxasi) ilova qilinadi. Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar qaytarilmaydi. 
Tanlov g`oliblariga mukofotlar

G`oliblar diplom va kompyuter jamlanmasi, televizor, planshet va boshqa qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi. 

    Boshqa yangiliklar