AsosiyJamiyat

Qabul-2020: 400 ming nafardan ortiq abiturient ro`yxatdan o`tdi. SamDU etakchi

'Qabul-2020: 400 ming nafardan ortiq abiturient ro`yxatdan o`tdi. SamDU etakchi'ning rasmi

2020 yil 4 iyul soat 18:00 holatiga respublika bo`yicha jami 400 989 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 222 344 nafar) abiturient ro`yxatdan o`tdi, deya xabar bermoqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati. 

Shundan, ta`lim shakli bo`yicha:

▪️ kunduzgi – 259 638 nafar;

▪️ sirtqi – 135 164 nafar;

▪️ kechki – 6 187 nafar.

Hududlar miqyosida:

1️⃣ Toshkent shahri – 107 294 nafar;

2️⃣ Samarqand viloyati – 44 138 nafar;

3️⃣ Andijon viloyati – 38 461 nafar;

4️⃣ Farg`ona viloyati – 28 621 nafar;

5️⃣ Surxondaryo viloyati – 25 866 nafar;

6️⃣ Qashqadaryo viloyati – 23 715 nafar;

7️⃣ Toshkent viloyati – 22 382 nafar;

8️⃣Namangan viloyati – 23 230 nafar;

9️⃣ Jizzax viloyati – 17 938 nafar;

🔟 Qoraqalpog`iston Respublikasi – 17 823 nafar;

1️⃣1️⃣ Buxoro viloyati – 13 975 nafar;

1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati – 13 591 nafar;

1️⃣3️⃣ Sirdaryo viloyati – 12 594 nafar;

1️⃣4️⃣ Navoiy viloyati – 11 361 nafar.

Tillar kesimida:

▪️ o`zbek tilida – 350 871 nafar (87.5 %)

▪️ rus tilida – 39 980 (10,1 %)

▪️ qoraqalpoq tilida – 8 908 nafar (2.0 %)

▪️ boshqa tillarda – 1 230 nafar (0.4 %).

Eng ko`p abiturient ro`yxatdan o`tgan OTMlar:

▪️ Samarqand davlat universiteti – 24 748 nafar;

▪️ Andijon davlat universiteti – 21 432 nafar;

▪️ Toshkent davlat pedagogika universiteti – 15 789 nafar;  

▪️ Termiz davlat universiteti – 15 565 nafar;

▪️ Namangan davlat universiteti –  15 458 nafar.

Eslatib o`tamiz, abiturientlarni ro`yxatdan o`tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Boshqa yangiliklar