Iqtisodiyotimizning muhim tayanchiga aylanib borayotgan tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoit ta`minlab berilmoqda. Ayniqsa, soha vakillari faoliyatini tekshirish tizimi tubdan takomillashmoqda.
Farmonga muvofiq tekshirishlar o`tkazish tartibi, rejali tekshirishlar davriyligi, tekshirish o`tkazish muddati tubdan takomillashdi. Tekshirishlar o`tkazish muddatini kamaytirish va takroriy tekshiruvlarning oldini olish maqsadida ularning davriyligi birxillashtirildi. Natijada tadbirkorlik sub`ektlarida o`tkazilayotgan tekshirishlar yanada qisqardi.
Bugun tekshirishlarning kamaygani tadbirkorlarning vaqtini behuda olish, kayfiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatish kabi holatlarga barham berib, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratayotir, – deydi O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi boshqarma boshlig`i, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi kotibi Erkin Jo`raev.
Tekshiruvlarni nazoratiga oluvchi ishchi guruh tashkil etilganiga 5 oydan ko`proq vaqt o`tdi. Shu davrda noqonuniy tekshirish o`tkazgan nazorat organlarining 49 xodimi javobgarlikka tortildi.





