AsosiyJamiyat

6 iyul kuni Seul va Moskvaga charter reyslar tashkil etiladi

'6 iyul kuni Seul va Moskvaga charter reyslar tashkil etiladi'ning rasmi

Ertaga, 6 iyul kuni Seul-Toshkent-Seul hamda Toshkent-Moskva-Toshkent yo`nalishlarida charter reyslar tashkil etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo`ja Norovning telegram kanalida xabar qilindi. 

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

Bugun, 5 iyul kuni Toshkent – Rostov-Don – Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar