Qoraqalpog`istonda chorvachilik uchun auksionsiz er berilishi mumkin

Jamiyat 05.07.2020, 11:14
Qoraqalpog`istonda chorvachilik uchun auksionsiz er berilishi mumkin

“Qoraqalpog`iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha tumanlarida yirik va mayda shoxli naslli chorva mollarini sanoat usulida, shuningdek, yaylov va pichanzorlarda haydab boqish, chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlariga:

chorva mollarini sanoat usulida boqish uchun sug`oriladigan erlar hamda ularni haydab boqish uchun pichanzor va yaylovlar, chorvachilik komplekslari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, omuxta em ishlab chiqarish maqsadida bino va inshootlar qurish uchun qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan er uchastkasi bo`lmagan taqdirda, unumdorligi past sug`oriladigan er uchastkalari, istisno tariqasida, tanlov va auksion o`tkazmasdan Komissiyaning tavsiyasiga asosan ajratib beriladi;

Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan bir vaqtning o`zida kompensasiya bilan birgalikda kafillik ham beriladi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasining kompensasiya va kafilligidan foydalangan ushbu hududdagi chorvachilik sohasidagi tadbirkorlik sub`ektlariga, ularning kredit bo`yicha qarzdorligi to`liq qoplanmaguncha, istisno tariqasida, jamg`armaning kafilligidan foydalanishga ruxsat beriladi.

Eslatib o`tamiz, avval yuqoridagi imtiyozlar faqat Qoraqalpog`iston Respublikasining Bo`zatov, Mo`ynoq, Taxtako`pir va Qo`ng`irot tumanlari uchun tatbiq qilingan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1