AsosiyDunyo

Yaponiyada kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida halok bo`lganlar va jarohatlanganlar orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q

'Yaponiyada kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida halok bo`lganlar va jarohatlanganlar orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q'ning rasmi

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, shanba kuni Yaponiyaning janubi-g`arbiy hududlarida kuzatilgan kuchli yog`ingarchilik natijasida  halok bo`lgan va jabrlanganlar ichida  O`zbekiston fuqarolari yo`q, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

OAV xabarlariga ko`ra, kuchli sel ta`sirida Kumagava daryosining toshishi natijasida Kumamura (Kumamoto prefekturasi) qishlog`idagi qariyalar uyini suv bosgan. Voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilar 14 kishini klinik o`lim belgilari bilan chiqarib olishdi. Ko`chki oqibatida ikki kishi vafot etgan, to`qqiz kishi bedarak yo`qolgan.

Mamlakat Milliy meteorologiya boshqarmasi daryolarning toshishi, ko`chkilar va hududlarni suv bosishi xavfi haqida ogohlantirmoqda. 

Kumamoto prefekturasining ba`zi tumanlarida kuniga 479,5 mm yomg`ir yog`gan.

    Boshqa yangiliklar