AsosiyJamiyat

Ijaraga beruvchi ham ijarachi ham hisobga olinadi

Toshkent shahar hokimligida o`tkazilgan brifingda Toshkentda xatlovdan o`tkazish to`g`risida so`z yuritildi. Uning ishida hokimlik, ichki ishlar bosh boshqarmalari, soliq inspeksiyalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalari, “Mahalla” jamg`armasi shahar bo`limi, er resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, barcha kommunal xizmat ko`rsatish tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Brifingda  berilgan axborotga muvofiq  10 iyuldan 20 avgustga qadar turar va noturar joy ob`ektlari monitoringi o`tkazilgan, u poytaxtda ro`yxatdan o`tgan hamda haqiqatda yashayotganlarning sonini, u yoki bu korxonalarga tegishli bo`sh va boshqa ob`ektlar mavjudligini aniqlash imkonini berdi. Endigi monitoring ham turar va noturar joy ob`ektlarini tekshirishga qaratilgan, biroq uni ancha sinchiklab o`tkazish ko`zda tutilgan.

Demak, nafaqat  haqiqatda yashayotgan va ro`yxatdan o`tganlar sonini solishtirish va ularni muvofiqlashtirish, balki kvartira va uylarning bir qismini noqonuniy tarzda o`zgartirilganini (shu jumladan isitish tizimi), noqonuniy qurilishlarni ham tekshirish rejalashtirilmoqda.

“Toshissiqquvvati” DUK rahbar o`rinbosari Alijon Hikmatov, o`z chiqishida qayd qilganidek,  tashkilotda 427 mingdan ortiq iste`molchilar bo`lib, ularning faqat 67 foizi hisoblash priborlari bilan jihozlangan, bu 70 mingdan ortiq abonent kommunal xizmatlar, jumladan issiq suv uchun to`lovlarni hisoblagichsiz amalga oshirayotganini bildiradi. Shuningdek poytaxt aholisi turar joylarining bir qismini o`zgartirishmoqda, shu jumladan isitish pribor (registr va batareya)larini balkonlarga o`rnatishmoqda. Shunday qilib, ilgarigi xatlovdan o`tkazish natijalariga ko`ra oldin hisobga olinmagan 283 ming kv.m. qo`shimcha maydon aniqlandi. Monitoring shunga o`xshash holatlarni istisno qilishga qaratilgan, qoidabuzarlarga esa qonunchilikda ko`zda tutilgan choralar ko`riladi.

Monitoring yakunlari bo`yicha kvartirani ijaraga beruvchilar va ijarachilar ma`lumotlar bazalarini barpo etish  rejalashtirilayotir. Axborotdan foydalanish qay tarzda amalga oshirilishi, ma`lumotlar bazalari qanday ishlashi va ulardan kimlar foydalanishi mumkinligi to`g`risida, afsuski,   batafsil axborot olishning imkoni bo`lmadi, chunki bunday bazalarni barpo etish endi rejalashtirilmoqda. Qayd qilinishicha, bunday bazalarning barpo etilishi kim ijara turar joyga muhtojligi, kimning esa uni ijaraga berish imkoniyati mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Noqonuniy ijaraga kelsak, qoidabuzarlarga nisbatan choralar ko`riladi.

Monitoring kommunal xizmatlar bo`yicha qarzlarni qisqartirishga ham qaratilgan. Bunday holatlar aniqlanganda, belgilangan tartibga muvofiq ularni undirish ko`zda tutilmoqda.

Toshkent shahar hokimining 182-f-son farmoyishiga binoan monitoringni tuman hokimliklari, Ichki ishlar boshqarmalari, Er resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, Binolardan foydalanish departamenti, “Mahalla” jamg`armasi, XUJMSh Toshkent shahar uyushmasi vakillaridan iborat ishchi guruhlar o`tkazishadi.

Rejalashtirilishicha, ko`rilgan choralar kommunal qarzlarni keskin qisqartirish hamda ro`yxatga olinganlar sonini vaqtincha ro`yxatda turgan mintaqalar aholisi va chet elliklar bilan solishtirib, poytaxt aholisining haqiqiy sonini ko`rsatish imkonini beradi. Bo`sh va egasi aniqlanmagan kvartiralarga keladigan bo`lsak, ularga nisbatan qonunchilikka asosan yo`l tutiladi.

    Boshqa yangiliklar