SSV xabariga ko`ra 2020 yil 5 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9936 (+107) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 66 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 59 nafari aholi orasida), qolgan 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6446 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3457 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






