AsosiyDunyo

Rio-de-Janeyroda futbol ishqibozi stadionga portlovchi modda olib kirishga urindi

Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyro shahri harbiy polisiyasi stadionga yarim kilolik portlovchi moddani olib kirmoqchi bo`lgan “Korintias” futbol klubi fanatini qo`lga oldi.  Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Voqea Rio-de-Janeyroning "Vasku-da-Gama" va San-Pauluning “Koriantians”  klublari o`rtasida bo`lib o`tayotgan “Sau-Januariu” stadioni yaqinida sodir bo`ldi.  Aniqlanishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari futbol ishqibozlarini tekshirishning ikkinchi bosqichida shubhali erkak kishini qo`lga oldi.

“Biz birinchi marta stadionga kirish joyida tekshirish ishlarini amalga oshirdik. Bizda shubha uyg`otgan kishi boshqa kirish yo`lidan stadionga o`tib ketmoqchi bo`ldi. Bu holat tezda e`tiborimizni tortdi”, - dedi polisiya mayori Silviu Luis.

 

               

 

 

    Boshqa yangiliklar