AsosiyJamiyat

Toshkentda 45 yoshli bemor koranvirusdan vafot etdi

'Toshkentda 45 yoshli bemor koranvirusdan vafot etdi'ning rasmi

Poytaxtlik Z. 45 yoshga to`lgan edi. Unda bir necha kun davomida koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilib, tana haroratining ko`tarilishi, tomog`ida og`riq va holsizlik kuzatilgan.

Ammo shunday  bo`lishiga qaramasdan u shifokorga o`z vaqtida murojaat qilmay, uy sharoitida davolanib yurgan.

Natijada shu yilning 30 iyun kuni  Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga o`ta og`ir holatda, o`tkir nafas etishmovchiligi bilan olib kelinib, reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Bemorga (erkak kishi) yurak ishemik kasalligi, o`tkir yurak va nafas  etishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya dastlabki tashxisi qo`yilgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar  va etakchi mutaxassislar tomonidan kerakli maslahat va  telemedisina orqali bir necha bor konsiliumlar o`tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir yurak-qon tomir va o`pka etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar