Prezidenti Donald Trampning maslahatchisi, uning saylovoldi kampaniyasi uchun mas`ul bo`lgan Kimberli Gilfoylda koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi manbalarga tayanib rbs.ru. Shu o`rinda Kimberli kichik Trampning qiz do`sti hamdir.
Qayd etilishicha, Trampning maslahatchisi yaqin orada prezident bilan aloqada bo`lmagan.
«Test javobi musbat chiqqach, Kimberli zudlik bilan o`z-o`zini yakkalash rejimiga o`tdi. U o`zini yaxshi his qilmoqda. Tashxisni tasdiqlash uchun yana bir test topshiradi, chunki unda kasallik alomatlari mavjud emas», — deydi Trampning saylovoldi kompaniyasi moliyaviy rahbari Serxio Gor.
Gilfoyl prezidentning to`ng`ich o`g`li kichik Donald Trampning qiz do`sti deya qayd etdik. demak prezident o`g`li ham test topshirishi kerak bo`ladi. Ammo ta`kidlashicha, uning koronavirusga topshirgan test javobi manfiy bo`lib chiqdi. Ehtiyot chorasi sifatida kichik Donald Tramp o`z-o`zini yakkalash rejimiga o`tdi.






