1

JSST tomonidan koronavirusga qarshi ishonchli preparat nomi ma`lum qilindi

Salomatlik 06.07.2020, 08:18
JSST tomonidan koronavirusga qarshi ishonchli preparat nomi ma`lum qilindi

JSSTning katta ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan virusga qarshi preparatlarni testdan o`tkazish vaqtida "Remdesivir" umid beruvchi natija qayd etganini ma`lum qildi. U bunday bayonotni BMTning Jenevada joylashgan ofisida xorijiy muxbirlar brifingda brifingida aytib o`tdi.

"Hozirda “Remdesivir”dan tashqari, shifoxonaga tushish holatini kamaytiruvchi virusga qarshi birorta ham preparat yo`q. Ammo mana shu dori ham koronavirusdan o`lim holatining oldini ololmaydi”, dedi Svaminatan.

Ushbu preparat ilgari AQShda shoshilinch ravishda COVID-19 ni davolash uchun tasdiqlangan. Bunga qadar “Remdesivir” SARS va MERS viruslarini davolashda samarali ekanligi isbotlangan.

COVID-19 bilan og`rigan bemorlarga olti ampuladan foydalangan holda besh kunlik kurs buyuriladi, ularning qiymati 2,3 ming dollardan oshadi.

 AQSh yangi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallikni davolash uchun ishlatiladigan “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zahirasini sotib olgan. Amerika ma`muriyati 500 mingdan ortiq dozani qo`lga kiritgan. Bu iyul, avgust va sentyabr oylarida ishlab chiqariladigan preparat hajmining 90 foiziga to`g`ri keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1