Anqara xavfsizlik boshqarmasi xodimlari 100 kilogramm og`irlikdagi nitrometanni qo`lga tushirishdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, portlovchi modda sifatida qo`llaniluvchi bu modda Kurdiston ishchi partiyasi ekstremistlariga tegishli bo`lgan.
Nitrometan ballonlarga quyilib, Anqaradan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Po`latli tumani hududiga ko`mib qo`yilgan.
Sal avval mamlakat hukumati Kurdiston ishchi partiyasi a`zolari tomonidan mazkur hududda ma`lum miqdordagi portlovchi modda ko`mib qo`yilgani haqida ogohlantirilgan edi.
Polisiya guruhning Ismoil ismli a`zosini uzoq kuzatishdan so`ng portlovchi modda ko`milgan joyni aniqlashga muvaffaq bo`lishdi. U nitrometan joylashtirilgan ballonni qazib olmoqchi bo`lganida qo`lga olindi.
Eslatib o`tamiz, 10 oktyabr kuni Anqara shahrida Turkiya tarixidagi eng yirik terakt sodir bo`ldi. “Islom davlati” guruhiga aloqador ikki xudkush terrorchi temiryo`l vokzali oldida miting uyushtirgan omma oldida o`zlarini portlatib yubordi. Terakt oqibatida 100 dan ortiq kishi halolk bo`ldi, 300 dan ortig`i jarohatlandi.





