1

35-o`lim: toshkentlik 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 06.07.2020, 10:28
35-o`lim: toshkentlik 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Sog`liqni saqlash vazirligi kornavirusning yana bir qurboni haqida xabar berdi. 

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 67 yoshli L.M. (erkak kishi) joriy yil 26 iyundan tomog`ida og`riq, tana harorati ko`tarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan.

1 iyul kuni esa yo`tali kuchayib, nafas siqishi belgilari paydo bo`lgach, tez yordam chaqirgan va tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent shahar 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan.

Shu kuni undan “COVID-19” infeksiyasiga tahlil olinib, zudlik bilan reanimasion muolajalar boshlangan. Bemorga o`tkir miokard infarkti, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas etishmovchiligining 2-darajasi, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi” tashxisi qo`yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.  

 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan tezkor reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1