1

Olimlar: JSST koronavirusning havodan tarqalishiga etarlicha e`tibor bermayapti

Dunyo 06.07.2020, 15:18
Olimlar: JSST koronavirusning havodan tarqalishiga etarlicha e`tibor bermayapti

Dunyodagi bir guruh olimlarning fikriga ko`ra, Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) COVID-19ning havoda uzoqroq muddat saqlanib qoluvchi tomchilar orqali tarqalishiga etarlicha ahamiyat bermayapti. Shu haftada e`lon qilingan ochiq xatda dunyoning 32 mamlakatidan 239 nafar olim hukumatlarni koronavirusning havodan tarqalishiga jiddiyroq munosabatda bo`lishga va ehtiyot choralarini ko`rishga chaqirdi.

JSST ko`rsatmalarida aytilishicha, koronavirus asosan bevosita nafas yo`llaridan chiqqan tomchilar orqali va odamlarning o`zaro kontaktga kirishganlarida tarqaladi. Shuningdek, virus havoda uzoqroq muddat saqlanib qoluvchi tomchilar orqali ham tarqaladi (bunda kasallangan odam yo`q bo`lsa ham, u borgan joylardagi havoda virus ma`lum muddat saqlanib turadi).

Bunday holatda kasallangan odamdan bir metrdan ko`proq masofa saqlaganlar ham virusni yuqtirib olishlari mumkin.

JSSTdagi infeksiyaning olidini olish qo`mitasi koronavirsuning havodagi uzoqroq muddat saqlanib qoluvchi tomchilar orqali tarqalishi qaysidir ma`noda xavfli bo`lsada, ushbu infeksiyaning tarqalishi asosan odamlarning bevosita aloqada bo`lganlarida hamda bemorning aksirganida, yo`talganida va gapirganida nafas yo`llaridan chiqadigan tomchilar orqali yuqishiga ko`plab asoslar mavjudligini ta`kidlashgan.

Ushbu qo`mita koronavirusning havoda saqlanib qoluvchi tomchilar orqali yuqishiga yangi choralar ko`rish samarasiz ekanligini ta`kidlab, bunday ishlar infeksiya tarqalishiga unchalik ta`sir etmasligini aytishgan.Dunyo olimlarining JSSTning mazkur qo`mitasi xulosalariga qarshi chiqib yozgan ochiq xatlari “Clinical Infectious Deseases” jurnalida chop etilgan. Ochiq xatda aytilishicha, virusning havodagi saqlanib qolgan tomchilardan yuqishi JSST o`ylaganidan ko`ra xavfliroqdir. Bunga go`sht fabrikalaridagi virus tarqalishi holatlari misol bo`la oladi.

Ushbu xat mualliflaridan biri bo`lgan ekspert Linseri Merining so`zlariga ko`ra, JSST qo`mitasi bunday xulosaga virusning havoda tarqalish xavfi kam bo`lgan kasalxonalardagi tadqiqotlarga tayanib kelgan. Koronavirusning havoda tarqalishi to`g`ri baholanmayotgan xavfdir, chunki ko`plab binolarda ventilyasiya tizimi yaxshi emasligi uchun u erlardagi havoda virus to`planib qoladi.

Ba`zi mutaxassislarning aytishicha, agar koronavirusning havoda saqlanib qoluvchi tomchilar orqali yuqishi uning keng tarqalishida asosiy sabab bo`lsa, unda ijtimoiy masofa saqlanishiga jiddiy amal qilinadigan joylarda ham odamlar yuz niqoblarini taqishlari kerak hamda bu erlarda ventilyasiya tizimi yaxshilanishiga ehtiyoj seziladi. Hatto, ehtimoliy virus tomchilaridan himoyalanish uchun ba`zi binolar ichiga ultrabinafsha nurlarini aniqlovchi uskunalar o`rnatilishi zarur.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1