AsosiyDunyo

Yangi Orleanda ikki shaxs ommaga qarata o`q uzdi

Yangi Orleandagi otishma oqibatida kamida 16 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Hodisa  22 noyabr, yakshanba kuni kechqurun Bunny Friend madaniyat va istirohat bog`i yaqinida yuz bergan.  Bog` yaqinida joylashgan maydonchada 500 kishi to`plangan bo`lib, musiqiy videoklip suratga olinayotgan edi. Bundan sal avval hududga yaqin joyda cholg`u orkestrining  9 Times Second Line Parade paradi o`tkazilgan edi.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra,  ikki nafar qurollangan noma`lum shaxs  qo`qqisdan odamlarga qarata o`q uza boshlagan.

Otishma natijasida jarohatlanganlar shifoxonaga  etkazilgan.

    Boshqa yangiliklar