2020 yil 6 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10284 (+141) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farg`ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.
❗️Ayni paytda yurtimizda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog`aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 3664 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






