O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi “Kovipir” nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro`yxatidan o`tkazish jarayonini boshladi.
Ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning “Toyama Chemical” kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. RNK saqlovchi virus (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqa)larga qarshi keng ta`sir doirasiga ega ushbu dori vositasini koronavirusga qarshi ijobiy tasiri isbotlangan bo`lib, 2020 yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo`llanila boshlangan. Shu oyning o`zidayoq Xitoyning “Zhejiang Hisun Pharmaceutical” kompaniyasi uni “Favilavir” savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshlagan.
Rossiyada esa may oyidan “XimRar” va RFPI hamkorligida koronavirusning ko`payish mexanizmini bloklash xususiyatiga ega “Avifavir” dori vositasi ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan edi.