1

Koronavirusning insondan insonga yuqishi bo`yicha yangi dalillar e`lon qilindi

Salomatlik 06.07.2020, 20:00
Koronavirusning insondan insonga yuqishi bo`yicha yangi dalillar e`lon qilindi

Jahonning yuzlab olimlari Jahon Sog`liqni Saqlash tashkilotini koronavirus profilaktikasi bo`yicha tavsiyalarni qayta ko`rib chiqishga chaqirmoqdalar. Mutaxassislarning aytishicha, ularda virusning insondan insonga yuqishi bo`yicha yangi dalillar mavjud.

Jumladan, olimlarning fikricha, SOVID-19 havodagi mayda zarralar orqali insonga yuqishi mumkin, hamda yopiq xona ichida ushbu zarralar bemalol harakatlanishi mumkin.

Bugungi kungacha JSST koronavirus insonga nafas olish yo`llaridan aks urganda, yoki yo`talganda ajraladigan yirik tomchilar orqali yuqadi degan hulosani aytib kelmoqda edi.

Jahonning 32 davlatidan 239 nafar mutaxassis esa ochiq xat orqali JSSTdan o`z tavsiyalarini qayta ko`rib chiqishni talab qilmoqdalar.

Tashkilot vakillar maktubni o`rganib chiqayotganliklarini ma`lum qildilar. Shunga qaramay, ulardan ba`zilari olimlarning xavotirlari asossiz ekanligini yozmoqdalar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1