1

Asakada tadbirkorlarni axloqsiz so`zlar bilan haqoratlagan bozor rahbari ishdan olindi

Jamiyat 06.07.2020, 21:31
Asakada tadbirkorlarni axloqsiz so`zlar bilan haqoratlagan bozor rahbari ishdan olindi

Asaka dehqon bozori rahbari tadbirkorlarni axloqsiz so`zlar bilan haqoratlagani hamda fuqarolar tomonidan bozor hududida tartib o`rnatilishini so`rab, 2020 yil 5 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda qilingan murojaat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati rasmiy izoh berdi. Jumladan bu murojaatda quyidagilar ma`lum qilinadi.

Ushbu muammoli vaziyat yuzasidan Andijon viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning ko`rsatmasiga asosan Andijon viloyat hokimligi, Asaka tuman hokimligi, Andijon viloyati bozorlar uyushmasi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan zudlik bilan ishchi guruh tuzildi va o`rganish ishlari olib borildi.

Ishchi guruh tomonidan Asaka tumanidagi markaziy dehqon bozorida faoliyat olib borayotgan bir guruh tadbirkorlar tomonidan Asaka tumani dehqon bozori buzilmasligi hamda bozor rahbarini ishdan olinishini so`rab ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaati o`rganib chiqildi.

Asaka dehqon bozori rahbari lavozimida ishlab kelgan Ravshanbek Mamayusupov tadbirkorlar bilan bo`lgan suhbatda ularni haqorat qilganligi aniqlandi.

Fuqaro Ravshan Mamayusupovga tegishliligi aytilayotgan axloqsiz so`zlar ishlatilgan ovozli xabar yuzasidan hozirda Asaka tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Asaka tumani dehqon bozori rahbari lavozimida ishlab kelayotgan R.Mamayusupovning faoliyatida yo`l qo`ygan kamchiliklari, bozor hududidagi tartibsizliklar hamda tadbirkor va fuqarolarning murojaatlarini o`z vaqtida ko`rib chiqishdagi sustkashligi uchun Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig`iga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.    

Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari uyushmasining 2020 yil 3 iyuldagi 04-sonli hamda Asaka tuman hokimligining 2020 yil 3 iyuldagi 7-sonli yig`ilish bayoniga ko`ra Asaka dexqon bozoriga Shaxobiddin Yusupov vaqtinchalik rahbar lavozimiga tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1