AsosiyJamiyat

Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 86 yoshli bemor vafot etdi

'Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 86 yoshli bemor vafot etdi'ning rasmi

SSV xabar berishicha Chilonzor tumanida yashovchi 86 yoshli Z.R. joriy yil 19 iyun kuni qon bosimi yuqoriligi, nutqi o`zgarishi, qo`l va oyoqlardagi kuchsizlik sabab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.  

27 iyun kuni ahvoli og`irlashganligi sababli ushbu markazning reanimasiya bo`limiga o`tkazilgan.

Unga insult, bosh miya shishi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o`pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, o`tkir yurak va  nafas etishmovchiligi tashxisi qo`yilgan.  

Koronavirusga chalingan ushbu bemor (ayol) 20 yildan ortiq vaqt mobaynida gipertoniya kasalligi bilan og`rib kelgan.

Markaz mutaxassislari tomonidan qator konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilib, davolashning doimiy nazorati ta`minlangan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor miya shishi, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar