1

Yana 78 bemor: Toshkent va Namanganda aholi orasida koronavirus yuqtirganlar soni ortdi

Jamiyat 07.07.2020, 00:12
Yana 78 bemor: Toshkent va Namanganda aholi orasida koronavirus yuqtirganlar soni ortdi

2020 yil 6 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10362 (+78) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 29 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 16 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida, 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

 Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 62 nafar, Jizzax viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 7 nafar, jami 106 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 6628 (+106) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog`aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 3697 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1