AsosiyJamiyat

Toshkentda jarima maydonlarining onlayn tizimi paydo bo`ldi

'Toshkentda jarima maydonlarining onlayn tizimi paydo bo`ldi'ning rasmi

Avtomobil egasi masofadan turib inspektorga barcha zarur hujjatlarni taqdim etishi va Internet orqali jarima to`lashi mumkin.

Yo`l harakati qoidasini buzgan haydovchi protokol bilan tanishgach,  uning mashinasi jarima maydoniga yuborilgandan so`ng, hujjat o`rnatilgan tizimga kiritiladi.

"Haydovchi o`zining barcha ma`lumotlari joylashtirilgan Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati  veb-saytida ro`yxatdan o`tishi kerak.

Shundan so`ng haydovchiga jarima miqdori va huquqbuzarning avtomashinasi joylashgan jarima maydoni haqida SMS-xabar keladi.

Shuningdek, avtomobil egasi inspektorga barcha zarur hujjatlarni masofadan turib taqdim qilishi va Internet orqali jarimani to`lashi mumkin.

Agar sinov rejimi muvaffaqiyatli yakunlansa, ushbu tizim respublika bo`ylab amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar