AsosiyJamiyat

Toshkentda onlayn navbat tizimi orqali bir kunda 2386 ta 1-sinfga ariza qabul qilindi

'Toshkentda onlayn navbat tizimi orqali bir kunda 2386 ta 1-sinfga ariza qabul qilindi'ning rasmi

Toshkentda sinovdan o`tayotgan onlayn navbat tizimi orqali bir kunda 2386 ta ariza qabul qilindi

Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, vazirlik tomonidan joriy yilning 6 iyulidan boshlab 2020-2021 o`quv yiliga qabulning elektron navbat tizimi yaratilgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Faqat Toshkent shahrida sinovdan o`tayotgan ushbu tizim orqali hozirgacha 2386 ta ariza qabul qilindi.

Mazkur tizim pandemiya sharoitida bolani maktabga qabul qilish jarayonida duch keladigan navbatda to`planib turish va ortiqcha sarsongarchiliklarni bartaraf etish maqsadida yaratilgan.

Eslatib o`tamiz, 1-sinf qabuliga navbatga turish www.qabul.maktab.uz veb-portali orqali onlayn navbat asosida amalga oshiriladi. Tizim muvaffaqiyatli sinovdan o`tsa keyingi o`quv yillaridan boshlab Respublikamizning boshqa hududlarida joriy etiladi.

Joriy o`quv yilida respublika bo`yicha jami 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar