1

8 iyul kuni tashkil etiladigan charter reyslar ro`yxati e`lon qilindi

Jamiyat 07.07.2020, 10:12
8 iyul kuni tashkil etiladigan charter reyslar ro`yxati e`lon qilindi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining rasmiy kanali ertaga, 8 iyul kuni tashkil etiladigan charter reyslar ro`yxatini e`lon qildi. 

Unga ko`ra qo`yidagi davlatlarga parvozlar belgilandi. 

  • Tashkent – Seul – Toshkent
  • Minsk – Toshkent – Minsk

 

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

️Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

 O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, bugun Toshkent-Istanbul-Toshkent charter reysi amalga oshiriladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1