1

Bir qator davlatlarda koronavirus ikkinchi eng yuqori cho`qqisiga chiqqan

Dunyo 07.07.2020, 10:36
Bir qator davlatlarda koronavirus ikkinchi eng yuqori cho`qqisiga chiqqan

Bu haqda Jenevada o`tkazilgan brifingda Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining sog`liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo`yicha dasturi direktori Maykl Rayan ma`lum qilgan, deb yozmoqda O`zbekiston Milliy matbuot markazining telegram kanali.

Maykl Rayanning ta`kidlashicha, ayrim davlatlarda koronavirus bilan kasallanishning yangi cho`qqisi kuzatilmoqda. Lekin bu kasallikning ikkinchi to`lqini emas, balki COVID-19’ning ikkinchi eng yuqori cho`qqisi hisoblanadi.

«Ikkinchi to`lqin sodir bo`lishiga ishonch yo`q. Bu koronavirus va respirator viruslar haqida bilgan ma`lumotlarimizga asoslangan ilmiy taxmin. Hozirda ko`plab davlatlarda sodir bo`layotgan narsa — ikkinchi to`lqin emas. Bu birinchi to`lqinning ikkinchi eng yuqori cho`qqisi bo`lib, virusning ushbu davrda tarqalishiga yo`l qo`ymaslik uchun u etarli darajada yakson etilmaganini bildiradi», — deydi Rayan.

BMT vakilining tushuntirishicha, kasallikning yangi cho`qqisi virusning endemikligi ortishi yoki muntazam kasallanish darajasi yuzaga kelishi bilan xavfli.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1