1

O`zbekistonda yana o`lim: samarqandlik bemor koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 07.07.2020, 10:56
O`zbekistonda yana o`lim: samarqandlik bemor koronavirusdan vafot etdi

Samarqand viloyati Urgut tumani yashovchi 61 yoshli O.N. joriy yil 27 iyun kuni koronavirusga chalingan bemor  bilan birlamchi muloqotda bo`lganligi sababli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va davo muolajalari boshlangan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya, o`tkir nafas etishmovchiligining  3-darajasi asorati bilan kechgan. Bemor bundan avval surunkali buyrak etishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o`tkir miokard infarkti bilan ham og`rigan.  

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Sog`liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan onlayn konsultasiyalar o`tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq Sog`liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limining xabar berishicha shifokorlarning standartlar asosida o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir nafas va o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi. 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1