1

Hindistonlik fuqaro o`zi uchun tilladan himoya niqobi yasattirdi

Dunyo 07.07.2020, 11:49
Hindistonlik fuqaro o`zi uchun tilladan himoya niqobi yasattirdi

Maxarashtra shtatida yashovchi Shankar Kurade koronavirus pandemiyasi bahona o`zi uchun tilladan himoya niqobi yasattiribdi, bu haqda Xolis fikr telegram kanali yozmoqda. 

«Oltindan niqob buyurtma berish g`oyasi menda kumush niqob taqib yurgan odamni uchratganimda keldi. Axir, men og`ir tilla buyumlar, masalan zanjir va uzuklar taqib yurishni yoqtiramanda. Nimaga endi oltin niqobim bo`lmasin ekan? Xullas, mahalliy zargardan o`zim uchun tilla himoya niqobi yasab berishini iltimos qildim.

Oltin niqob taqib ko`chaga chiqqanimda hammaning ko`zi menda bo`ladi. Garchi bizning oila a`zolari qimmatbaho zargarlik buyumlari ishqibozi ekanligini hamma yaxshi bilsa-da, tilla niqob baribir boshqacha — o`ziga xos yangilik. Shuning uchun ham odamlar uchun bu juda qiziq bo`ldi», — deydi u.

Qariyb 2.5 kilogramm tosh bosadigan mazkur g`aroyib buyum buyurtmachiga taxminan 3870 dollarga tushgan.Kuradening aytishicha, niqob nafas olishga qiynalmaslik uchun maxsus havo o`tkazadigan yoriqlar bilan ta`minlangan.

Jons Xopkins universiteti olib borayotgan hisob-kitobda Hindiston kasallik soni bo`yicha dunyoda 3-o`rinni egallab turgan Rossiyaga juda yaqinlashdi. Bu ikki mamlakatni bor-yo`g`i 399 holat ajratib turibdi. Ayni payt Hindistonda 244 814 kishi koronavirusdan davolanyapti, 409 082 bemor tuzalib chiqqan. Oxirgi sutka mobaynida 613 nafar fuqaro ushbu infeksiya tufayli hayotdan ko`z yumgan.  

"Vatandoshlari oddiy “maska” sotib olishga qurbi etmay, jon talvasa qilayotgan paytda ularga yordam qo`lini cho`zish o`rniga oltin niqobini ko`z-ko`z qilishi... Biror nima deyishga tiling bormaydi" deya fikr bildirmoqda blogger

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1