AsosiyJamiyat

Xodimlarida koronavirus aniqlangani uchun "Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy) savdo markazi vaqtincha yopildi

'Xodimlarida koronavirus  aniqlangani  uchun "Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy)  savdo  markazi  vaqtincha yopildi'ning rasmi

6 iyul kuni yurtimizda  koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida o`tkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar davomida  Chilonzor tumanida  joylashgan"Tashkent Trade Center" (Abu Sahiy) savdo  markazima`muriyati ishchilari va  bu erda faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi. 

Test tahlillari natijasiga ko`ra,  bir necha  xodimlarda  koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi. 

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko`ra, "Tashkent Trade Center" (Abu Sahiy)     savdo markazi profilaktika  tadbirlarinio`tkazish uchun vaqtincha  yopildi.

    Boshqa yangiliklar