AsosiyDunyo

JSST guruhi kelib ketgach Turkmaniston Prezidenti ta`tilga chiqdi

'JSST guruhi kelib ketgach Turkmaniston Prezidenti ta`tilga chiqdi'ning rasmi

Aniq manba ma`lumotiga tayanib Ferganaagenci.newz yozishicha, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 6 iyul kuni ta`tilga chiqdi. Prezident ta`tilni "mamlakatning kurort markazlaridan biri”da o`tkazmoqda.

O`tgan hafta Vazirlar Mahkamasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan yig`ilishida davlat rahbari hukumat a`zolariga 7 iyuldan 6 avgustgacha navbatdagi mehnat ta`tilini berishini, bu vaqt hukumat a`zolari ham mahalliy dam olish maskanlarida ta`tilni o`tkazishi mumkinligini ma`lum qilgandi. 

"Davlat rahbari bo`sh vaqtini ilmiy faoliyat va ijodning barcha turlari, shu jumladan, yangi adabiy asarlar ustida ishlash, musiqa bilan shug`ullanishga bag`ishlaydi.

Turkmaniston rahbari dam olish kunlarini  eng sevimli mashg`ulotlaridan bo`lgan Axalteke otlarida sayr qilish,  velosipedda uchish va sport avtoulovlarida poygaga chiqish bilan o`tkazadi", deb yozmoqda OAV.
 

    Boshqa yangiliklar