AsosiyDunyo

Braziliya prezidenti o`zida koronavirus alomatlari borligini ma`lum qildi

'Braziliya prezidenti o`zida koronavirus alomatlari borligini ma`lum qildi'ning rasmi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru o`zida koronavirus infeksiyasining alomatlari borligini aytdi. Bu haqda u prezident qarorgohi oldida o`z tarafdorlari bilan uchrashuv chog`ida aytib o`tdi, deb yozmoqda Estada ga tayanib Sof.uz.

Bolsonaruning so`zlariga ko`ra, uning harorati ko`tarildi va u o`pkaning magnit-rezonans tomografiyasini o`tkazdi, bu esa biron bir anormallikni aniqlamadi.

Prezident koronavirus uchun sinovdan o`tdi, uning natijasi 7 iyul kuni kutilmoqda. R7 portaliga ko`ra u gidroksiklorokin dorisini qabul qila boshlagan.

Prezident tarafdorlari bilan bo`lgan uchrashuvda niqob kiyib, odamlardan unga murojaat qilmaslikni so`radi.

Mart oyida Braziliya prezidenti ma`muriyati huzuridagi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha kotibiyat rahbari Fabio Vaynartenda koronavirus aniqlangandan keyin, Bolsonaru koronavirusga test topshirgan edi. Bu voqealardan sal avvalroq ikkala amaldor ham rasmiy ham delegasiya tarkibida AQShga tashrif buyurgan va prezident Donald Tramp va uning atrofidagilar bilan uchrashgandi.

Dastlab, ommaviy axborot vositalari prezidentning sinovi ham ijobiy natija bergani haqida xabar berishdi, ammo keyinchalik Bolsonaru o`zi bu xabarlarni rad etdi va "soxta xabarlarga" ishonmaslikka chaqirdi.

Qisqa vaqtdan so`ng delegasiya tarkibiga kirgan yana ikkita Braziliya rasmiylarida koronavirus qayd etildi.

Bir necha kun o`tgach Braziliya rahbari ikkinchi marta koronavirusga test topshirgan edi, ikkinchi natija ham salbiy chiqqan.

Jon Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, Braziliya koronavirus aniqlanish holatlari bo`yicha dunyoda ikkinchi o`rinda turadi. Mamlakatda, 1,6 million kasallanganlar bor, ulardan 65,4 ming nafari allaqachon vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar