So`nggi 10 oyda 1474 yong`in yuzaga kelib, unda 17 kishi halok bo`lgan yana 24 nafari jabrlangan.
20 kishi qutqarilib, 2 mlrd.so`mdan ortiq moddiy-tovar boyliklar saqlanib qolingan. Shahar, tuman va aholi yashash joylarida hamda respublika ob`ektlarida yong`in xavfsizligini kuchaytirish maqsadida Davlat yong`in nazorati tomonidan 4980 ta ob`ekt yong`in-texnik tekshiruvdan o`tkazildi.
Tekshiruvlar davomida yong`in xavfsizligiga 96 000 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi, shulardan 74 foizi bartaraf etildi.





