1

Xitoyda maktab o`quvchilariga to`la avtobus suv omboriga tushib ketdi: 21 kishi halok bo`ldi

Dunyo 07.07.2020, 17:04
Xitoyda maktab o`quvchilariga to`la avtobus suv omboriga tushib ketdi: 21 kishi halok bo`ldi

Xitoyning Guychjou provinsiyasida jamoat avtobusi suv omboriga tushib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo`ldi, 15 kishi jarohatlangan, deya xabar bermoqda Xitoy Markaziy televideniesi.

Avvalroq 16 kishi hayotdan ko`z yumgani aytib o`itlgandi.

Hodisa bugun, ya`ni 7 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:45 da sodir bo`lgan. Anshun shahrida maktab o`quvchilarini olib ketayotgan avtobus noma`lum sabablarga ko`ra ag`darilib, yo`lning bir tomonidagi to`siqlarni sindirib, suv omboriga tushib ketgan. Qutqaruvchilar avtobusni suvdan chiqarib olishga muvaffaq bo`lishdi.

Halokat sababi hali ma`lum emas. Suv omborida qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1