1

39-o`lim: Toshkentda 79 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 07.07.2020, 17:57
39-o`lim: Toshkentda 79 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. (erkak kishi) joriy yil 19 iyun kunidan tana harorati ko`tarilib, yo`tal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan.  

2 iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.  

Unga “COVID-19”, yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo`yilgan.

Shifokorlarning standartlar asosida o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1