AsosiyDunyo

Jahon banki: 2030 yilda qashshoqlar soni ortadi

Jahon banki bergan ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kundagi iqlim o`zgarishlari, ekologik muammolar sabab sayyoramizda 2030 yilga borib, qashshoqlik darajasi yanada ortishi mumkin.

Agar global isishga qarshi etarlicha choralar ko`rilmasa, yana 15 yildan so`ng, Er yuzidagi qashshoqlar soni 100 million kishini tashkil etadi.

Bugungi kunda Afrika hamda Janubiy Osiyo mintaqalarida global isish juda katta talofatlarga sabab bo`layotir. Bu esa, nisbatan kambag`allikda kun kechirayotgan ushbu hududlar aholisini tang vaziyatga tushirib qo`ymoqda.

Jahon bankining bayoniga ko`ra, global isish yog`ingarchilik miqdorining kamayishiga, bu esa o`z navbatida hosildorlik darajasining tushib ketishiga sabab bo`ladi. Harorat va suv toshqinlarining ortishi sababli kasallik tarqalishi ehtimoli ham oshadi. Bezgak, diareya, rivojlanishning oqsashi  bilan kasallanish darajasi 2030 yilda 5 foizga, 2080 yilda 30 foizga ortadi. Bu esa, ishlab chiqarish salmog`ini ham keskin tushirib yuborishi kutilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar